Ta'kidlanishicha, bolalar kecha, 11 iyun kuni kechqurun o‘lik holda topilgan.
Avvalroq, erkak 1, 7, 10 va 12 yoshdagi bolalarni garovga olib, xonadonga yashiringani xabar qilingandi.
Politsiyaga ayol kishi murojaat qilib, tanishi uni do‘pposlaganini aytgan. Huquqni muhofaza qilish organi xodimlari erkakni qo‘lga olishga harakat qilishganida, u o‘t ochdi va politsiyachilardan birini jarohatladi. Shundan so‘ng erkak xonadonga yashirinib, bolalarni garovga olgandi.











