29 may kuni Toshkent shahridagi Hyatt Regency mehmonxonasida tashkil etilgan ShHT sammiti doirasidagi OAV brifingida a'zo davlatlarning O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan rasmiy vakillari yangi rejalar haqida ma'lumot berdi.
«Tashkilotga yangi a'zo bo‘lgan Hindiston va Pokiston vakillari ShHT kotibiyati bilan ayni masalada muzokaralarni olib bormoqdamiz. Tez orada masala ijobiy hal bo‘ladi degan umiddaman», deydi elchi.
Eslatib o‘tamiz, Hindiston va Pokiston davlatlari ShHT tarkibiga 2017 yil qabul qilingandi. Shu davrgacha tashkilot rasmiy tillari rus va xitoy tili bo‘lib qolmoqda.










