Portlash 27 may kuni ertalab erkakning garajida, u granata bilan qandaydir ishlarni amalga oshirganidan so‘ng yuz bergan. Ko‘rsatilgan yordamga qaramay, u hayotdan ko‘z yumdi.

Voqea joyiga sapyorlar chaqirildi, sababi yana bir nechta granata topildi, deb xabar bergan prokuror. Uning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lgan shaxs «kolleksioner» bo‘lgan.

O‘q-dorilar sotuvchisi qo‘lga olindi, unga qasddan sodir etilmagan qotillik bo‘yicha ayblovlar qo‘yildi. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari undan yana bir granatani topishgan, bu shaxs uni ham sotib yuborishni rejalashtirgani aytilmoqda.