Irlandiya Konstitutsiyasiga kiritilgan sakkizinchi o‘zgartirish 1983 yilda ham shunday aholining katta qismining talabi bilan amalga oshgandi. O‘shanda ona qornida ulg‘ayayotgan chaqaloq har bir fuqaro kabi yashash huquqiga ega ekanligi ta'kidlangandi.
Ammo, 2012 yili Gelvey shifoxonasida vafot etgan 31 yoshli Savita Halappanavar voqeasi abortga qarshi kurash kampaniyasini avj olishiga turtki berdi. Gap shundaki, asli hindistonlik Savita 17 haftalik homilasi bilan og‘ir dardni boshdan kechirdi. Shifokorlar, qonunga muvofiq, uning homilasini olib tashlamadi. Referendum ishtirokchilari aynan uning surati tushirilgan tamg‘alar bilan abortga qarshi kurashish bunday kechmasligini uqtirmoqda.
Ma'lumotga ko‘ra, har yili 3,500 dan ortiq irland ayollari homilasini tushirish uchun Buyuk Britaniyaga boradi, yana 2000ga yaqin homilador ayol yashirincha va maxfiy klinikalarga murojaat qilishga majbur. Referendum mavzusida ta'kidlanishicha, endilikda homilaning birinchi davrida, shuningdek, undan keyin kuzatilishi mumkin bo‘lgan muayyan holatlarda homilani oldirib tashlash mumkin.











