Manbada ta'kidlanishicha, rekonstruksiya davomida aholining Facebook'dagi sahifasida qoldirgan barcha istak va takliflari inobatga olingan.
Aksariyat 1934 yilda ochilgan parkning tarixi va muhiti saqlanib qolishi istagini bildirgan. Shu bilan birga, ma'lum qilinishicha, parkning yillar davomida yaroqsiz ahvolga kelgan barcha kommunikatsiyalari, irrigatsion tizimlari, elektrifikatsiyasi, avtosug‘orish tizimlari to‘liq yangilangan.
Xabarda parkning aniq ochilish sanasi uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali e'lon qilinishi qayd etilgan.











