“Birinchi xonim bugun ertalab Oq uyga qaytdi. U shinam sharoitlarda hordiq chiqarmoqda va ko‘tarinki kayfiyatda”, deb aytilgan xabarda. Xabarda Melanya shifoxonada bo‘lganda uni qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorlik bildirilgan.
Joriy hafta boshida Melanya Tramp embolizatsiya amaliyotidan o‘tishiga to‘g‘ri kelgani ma'lum bo‘lgan. Oq uyda bu qanday kasallik bilan bog‘langaniga aniqlik kiritilmagan va shunchaki, gap buyrak kasalligi haqida ketayotgani ma'lum qilingan.
Melanya Tramp davolanishda bo‘lgani sababli O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi vaqtida Ziroat Mirziyoyevaga hamrohlik qila olmagandi.











