«Kuba Respublikasi davlat kengashi aviahalokat munosabati bilan 19 maydan 21 mayga qadar rasmiy motam e'lon qilish haqida qaror qabul qildi», - deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, mamlakat davlat kengashi davlat hokimiyati organlari va harbiy obektlar binolarida davlat bayroqlarini tushirib qo‘yish haqida ko‘rsatma bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kubada halokatga uchragan samolyot haqida yangi ma'lumot berilgandi.
Samolyot 18 may kuni Gavanadagi aeroportdan ko‘tarilishi bilanoq halokatga uchragan. U Olginga uchayotgan bo‘lib, bortida 104 yo‘lovchi va ekipaj a'zolari bo‘lgan.










