Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ushbu shaxsning tomorqasidagi yer maydonidan “ko‘knor” giyohvandlik o‘simligini yetishtirayotganligi aniqlangan hamda hovlisida berkitilgan 25 kg.dan ortiq “ko‘knor” giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olingan.










