Rasmiy va ishonchli axborot agentliklarining ma'lum qilinishicha, Avstraliya, Malayziya, B.A.A., Saudiya Arabistoni, Turkiya, Iroq va Liviyada ro‘zai-ramazon 17 may kuni boshlanadi.

«16 may kuni osmonda yangi oy kuzatilmagani tufayli, 17 may kuni Ramazon boshlanishi ma'lum qilinadi», deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Shayx Abdulaziz Mansur tomonidan O‘zbekiston hududida Astronomiya instituti ilmiy xulosalariga asosan, Ramazonning birinchi kuni 17 may kuni bo‘lishini e'lon qilgandi.