Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Koenga Vekselberg bilan aloqador bo‘lgan tuzilmalardan pullar o‘tkazilgan, gap yuz minglab dollar haqida ketmoqda. Ta'kidlanishicha, Koenning Vekselberg bilan ish munosabatlari aynan nimaga bog‘liqligi noma'lum.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp bilan sud jarayonida Stormi Deniels manfaatlarini himoya qilayotgan advokat Maykl Avenatti Qo‘shma Shtatlar rahbari shaxsiy advokati Maykl Koen 2016 yilgi saylovlarda Tramp g‘alaba qozonganidan so‘ng 500 ming dollar olganini ma'lum qilgandi.