«Norozilik namoyishlarida eng faol qatnashganlar ayollar bo‘lishdi. Shu tufayli men buni «muhabbat inqilobi» deb atayman», deya qayd etgan Pashinyan.
Nikol Pashinyan bugun parlamentda 59 deputat ovozini olib, mamlakatning yangi bosh vaziriga aylandi. U aprel oyi davomida Armaniston poytaxti Yerevanda sobiq prezident Serj Sargsyanning bosh vazirga aylanishiga qarshi o‘tkazilgan norozilik namoyishlari ortidan hukumat tepasiga keldi.












