Saylovlardagi mustaqil nomzod Martin Xoln tarafdorlari bilan g‘alabani nishonlayotgan paytda unga noma'lum erkak yaqinlashgan va zarba bergan.
Hujum qilgan shaxs qo‘lga olindi. Tergov ma'lumotiga ko‘ra, hujum erkakning siyosiy qarashlari bilan bog‘liq bo‘lmagan. Ta'kidlanishicha, unda ruhiy kasallik belgilari aniqlangan.
Martin Xoln saylovlar davomida Diter Salomonni ortda qoldirdi, u bunga qadar 16 yil davomida shahar rahbari bo‘lgan.










