Tadqiqotga ko‘ra, Osiyoda mehmonxonalarni sayohatga besh hafta qolganda band qilgan ma'qul, bu 22 foizgacha mablag‘ni tejash imkonini beradi. Parij va Londonga sayohatni rejalashtirayotgan turistlar uchun ham xuddi shunday vaqt tavsiya etiladi. 

Bangkokda mehmonxonani band qilish uchun eng yaxshi vaqt — sayohatdan uch oy oldin (16 foizgacha tejaladi), Xanoyda — ikki oy oldin (14 foiz), Tokioda esa - bir oy oldin (30 foiz) ekani ma'lum qilingan.

Yevropa shaharlariga keladigan bo‘lsak, u yerlarda yashash uchun mehmonxonani bir necha oy avval band qilgan maqsadga muvofiq. Masalan, Barselonaga sayohat qilmoqchi bo‘lsangiz, mehmonxonani 3-9 oy oldin (23 foiz), Rim va Pragaga 3-8 oy ilgari (22 foiz) band qilganingiz ma'qul.