10 dan ziyod zavod ishchilari ishlab chiqarish jarayonida miya to‘lqinlari sensorlari o‘rnatilgan dubulg‘a kiyib yurishlariga to‘g‘ri kelmoqda. Qurilmalar xodimlardagi charchoq, vahima, iztirob va boshqa his-tuyg‘ularni aniqlashga yordam berishadi. Ba'zi kompaniyalar personal ish ssenariysidan keyin yaratilgan virtual muhitga qanday reaksiya qilayotganini kuzatish uchun VR-garnituralarga ham sensorlarni o‘rnatishgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, qurilmalardan ko‘proq xodimlari yuqori xavfga duch keladigan ishlab chiqarish kompaniyalari foydalana boshlashgan. Masalan, poyezd mashinistlari yoki elektriklar ishlaydigan kompaniyalar. Sensorlar ishchining charchagani yoki ko‘zi uyquga ilinganini aniqlab, boshqaruvchi personalga tashvish signalini beradi. 

Foto: AP

Shu tariqa qurilmalar kompaniyalarning xatolar va baxtsiz hodisalar natijalarini bartaraf qilishga sarflanadigan pullarini tejab qoladi. Bundan tashqari, hissiy holatni kuzatish daromadlarni oshirishga yordam beradi. Kompaniyalardan birining vakili South China Morning Post'ga ma'lum qilishicha, 2014 yilda mazkur tizim joriy qilingandan so‘ng uning firmasi daromadlari 315 million dollarga o‘sgan. 

Biroq Xitoy biznesining yangi talablari ishchilarni u qadar qoniqtirmaydi. Masalan, kichik stress sabab ulardan bir necha kun tanaffus qilishni so‘rashlari va hatto ishdan bo‘shatishlari mumkin. Tizim o‘zini sog‘lom his qiluvchi insonda muammo aniqlagan holatlarda qanday yo‘l tutishga doir savollarni ham yuzaga keltirmoqda.

Nashrda ta'kidlanishicha, Xitoyda kompaniyalarga ishga bunday yondashuvni taqiqlaydigan qonun yo‘q. Ish beruvchilar bu texnologiyadan o‘z daromdlarini oshirish maqsadida foydalanishmoqda, xitoylik xodimlar esa ko‘pincha "yo‘q" javobini bera olishmaydi.