«Hujum Suriya armiyasining Xama yaqinidagi 47-brigadasi qurol-yarog‘ omboriga qarshi qaratilgandi. Natijada kuchli portlashlar va katta yong‘in yuz berdi», - deya aytib o‘tdi u.

Manba ma'lumotlariga ko‘ra, gap, katta ehtimol bilan, aviazarba haqida ketmoqda.

Agentlikning aniqlik kiritishicha, Halabdan sharqda joylashgan va zarbaga uchragan qurol ombori An-Nayrab aeroporti hamda Al-Malikiya o‘rtasida joylashgan.

Avvalroq Suriya armiyasining Xama va Halab shaharlari chekkalaridagi harbiy obektlariga raketalar bilan hujum qilingani haqida xabar berilgandi.