Foto: Reuters

Ta'kidlanishicha, koreyalik yetakchilar tushlikdan so‘ng tinchlik va farovonlik ramzi bo‘lgan qarag‘ay daraxtini ekish marosimida ishtirok etishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In janubiy koreyalik hamkasbi Mun Chje In bilan hazillashib, endi uni raketa sinovlari bilan uyg‘otib yubormaslikka va'da bergandi. Kim Chen Inning so‘zlariga ko‘ra, raketalarning erta uchirilishi Janubiy Koreya rahbarining uyqusiga xalaqit qilgan. «Endi men sizni erta uyg‘otmaslikka harakat qilaman», - degan Kim Chen In.