Bu haqda Associated Press xabar qilmoqda.
Avvalroq KXDR va Janubiy Koreya yetakchilarining muzokaralari mavzusi ma'lum qilingandi. Koreya yarim orolini yadrosizlantirish, uzoq muddatli tinchlik va Janub hamda Shimol o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha «samimiy muloqot» o‘tkazilgani aytildi. Janubiy Koreya ma'muriyati vakilining jurnalistlarga xabar berishicha, Koreyalararo sammitning yakuniy bayonoti ustidagi ish davom etyapti.











