«Mening o‘ylashimcha, agarda kotibiyat Xavfsizlik kengashi uchun yoki brifing o‘tkazishi, yoki KQTT va BMT Xavfsizlik departamentining Suriyada kimyoviy qurol qo‘llanganiga oid dalillarni topish bo‘yicha missiyasi hozir qayerda ekani borasida qisqacha ma'lumot berishi juda foydali bo‘ladi. Bunda missiyaning keyingi rejalari, Dumaga borishda qandaydir qiyinchiliklar paydo bo‘lgani, hamda ularning sababi nimada ekani haqida axborot berilishi kerak. Bu kelayotgan 24 soat ichida amalga oshirilsa, men juda minnatdor bo‘lgan bo‘lardim», - deya aytib o‘tdi Pirs BMT Xavfsizlik kengashining Rossiya tashabbusi bilan o‘tkazilgan yig‘ilishida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Checheniston rahbari Ramzon Qodirov AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiyaning Suriyaga zarbasini vahshiylik deb atagandi.












