«Men u tibbiy jihatdan prezident bo‘lishga qodir emas, deb o‘ylamayman. Mening fikrimcha, u prezident bo‘lishga ruhan to‘g‘ri kelmaydi», - deya ma'lum qilgan Komi.

Komining jurnalist savoliga qaytargan javobida tasdiqlashicha, Trampni yolg‘onchi deb hisoblaydi, sababi AQSh yetakchisi dalillarga e'tibor qaratmayapti. U misol tariqasida Trampning o‘z inauguratsiya marosimida avvalgi prezidentning lavozimga kirishish vaqtidan ko‘ra ko‘proq odamlar bo‘lgani haqidagi bayonotini keltirgan. Bu, Komining fikricha, yolg‘on narsadir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Yevropa davlatlaridan chiqarib yuborilgan rossiyalik diplomatlar sonini eshitgach «portlagani» xabar qilingandi.