«UZREPORT Axborot Agentligi (UZREPORT TV, FUTBOL TV) millionlab futbol muxlislariga ajoyib xushxabarni ma'lum qiladi. Agentlik 2018 yilgi Jahon chempionatini O‘zbekiston hududida eksklyuziv translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritdi.
O‘yinlardan tashqari telekanallar orqali o‘ziga xos Jahon chempionati kundaligi - «Highlights»lar ham efirga uzatib boriladi. Unda siz JCh-2018da bo‘lib o‘tgan o‘yinlardagi eng qiziqarli va hayajonli vaziyatlarni qayta tomosha qilish, terma jamoalarning futbolchilari va murabbiylari haqida ma'lumotlarni, shuningdek, rekord va qiziqarli faktlardan boxabar bo‘lib borishingiz mumkin bo‘ladi», deyiladi bayonotda.











