«U xotirjam holda ketdi, har doim oilasi va eng yaqin do‘stlari uning yonida bo‘ldi», - deya aytib o‘tgan u.

Forman eng yaxshi rejissura uchun «Oskar»ni ikki marta qo‘lga kiritgan, uchta Oltin Globus va BAFTA mukofotiga sazovor bo‘lgan.

U «Kakku uyasi ustidan uchib o‘tayotib», «Amadey», «Valmon» va boshqa filmlarni suratga olgan.

Rejissyor uch marta uylangan, uning to‘rt nafar farzandi bor.