Ma'lum qilinishicha, Zaxarov uzoq davom etgan kasallikdan keyin hayotdan ko‘z yumgan. U bilan vidolashish marosimi 1 oktyabrda “Lenkom”da bo‘lib o‘tadi.

Zaxarov faoliyati davomida 50 ga yaqin spektakl sahnalashtirgan, bir nechta mashhur badiiy filmlar – “12 stul” (12 stulev), “Oddiy mo‘jiza” (Obyknovennoye chudo), “Bu o‘sha Myunxgauzen”ga (Tot samyy Myunxgauzen) rejissyorlik qilgan. Zaxarov o‘nlab orden va mukofotlar bilan taqdirlangan.