«O‘rnatilgan amaliyotga muvofiq, ular bizga murojaat bilan chiqqan davlatga bo‘lgani kabi, hisobotning yakuniy versiyasini taqdim etishdi», - deya ma'lum qildi Britaniya Tashqi ishlar vazirligi vakili.

Xabar berilishicha, hujjatda tilga olingan xulosalar Toshkent vaqti bilan soat 16:00da e'lon qilinishi kutilmoqda. Shuningdek, ular Kimyoviy qurol bo‘yicha konvensiya ishtirokchi davlatlari orasida tarqatiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV Yuliya Skripal qayerda ekanini aniqlagandi.