Ta'kidlanishicha, pullar uning akasi Aleksandrga tegishli bo‘lgan bo‘lib, u o‘tgan yili Sankt-Peterburgda shubhali holatda hayotdan ko‘z yumgandi. Bu pullar unga rafiqasi bilan ajrashgani hamda Buyuk Britaniyadagi uyini sotib yuborganidan so‘ng kelgan.
OAV bu ma'lumotni Sergeyning qarindoshi Viktoriyadan bilib qolgan, u Yuliyani ko‘rgani shifoxonaga kiritiladigan birinchi shaxs bo‘lishi kerak. Aynan u maxfiy hisob raqami haqida aytib bergan, Yuliya undan foydalanish uchun otasidan ishonchnoma olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml yana Skripal ishi bo‘yicha bayonot bergandi.












