"Tegishli qaror uch sudyadan iborat kollegiya tomonidan qabul qilindi. Ular Pak Kin Xe ishini ko‘rib chiqmoqda", - deya ta'kidlanadi xabarda. Bu Janubiy Koreya tarixidagi ilk shunday holatga aylanadi, deya qayd etilgan hujjatda.

Translyatsiya haqidagi qaror ushbu ishga juda katta qiziqish bilan bog‘liq, deyiladi xabarda. Avvalroq KBS telekanali Pak Kin Xening o‘zi hukm o‘qib eshittiriladigan vaqt sud zalida bo‘lmasligi, shu tariqa ayblovlardan norozi ekanini bildirishi haqida xabar bergandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Seul Markaziy okrugi sudi Janubiy Koreya bosh prokuraturasi talabiga binoan 22 mart kuni mamlakat sobiq prezidenti 76 yoshli Li Myong Bakni hibsga olish to‘g‘risida order bergandi.