Shahar meri so‘zlariga ko‘ra, supermarketda kamida ikki kishi halok bo‘lgan, yana ikki inson jarohat oldi. Ularning ahvoli qay darajada og‘ir ekani aytilmayapti.

Odamlarni garovga olgan erkak 2015 yilning noyabrida sodir etilgan teraktda ayblanayotgan Saloh Abdusalomni ozod etishni talab qilgan. 

Ta'kidlanishicha, jinoyatchi avval fransuz razvedkasi nazoratiga ham tushgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, erkak o‘zini IShID tarafdori, deb atagan. Voqea joyiga uchta vertolyot, shuningdek, 50 nafar politsiyachi yetib keldi.