Ko‘prik shaharning janubidagi Xalqaro universitet kampusi yonida qurilayotgan bo‘lgan. Yo‘l ustiga tushgan ko‘prik konstruksiyalari ostida bir nechta mashina qolib ketgan.

Voqea joyida qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Voqea sababi hozircha noma'lumligicha qolmoqda.

Ta'kidlanishicha, ko‘prik 2019 yilda foydalanishga kiritilishi ko‘zda tutilgan. Ko‘prik qurilishi innovatsion modul usulida olib borilayotgan bo‘lgan. Ko‘prikning navbatdagi 950 tonnalik seksiyasi o‘tgan shanba kuni o‘rnatilgan bo‘lgan.