8 iyulda vayronalar ostidan topilgan jasadlar soni 64tachaga yetdi. 76 kishi bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda.

“Ha, qurbonlar soni shu raqamga yetishi mumkin. Bu juda fojiali”, deb javob qilgan okrug rahbari CNN telekanalining “Fojia qurbonlari soni 140gacha yetishimi mumkinmi?” degan savoliga.

Kavaning ta'kidlashicha, qutqaruvchilar vayronalar ostida tirik qolganlar bo‘lishi mumkinligiga umid qilmayaptilar.

Mayami tarkibiga kiruvchi Serfsayd shahrida 24 iyunga o‘tar kechasi 12 qavatli binoning bir qismi qulab tushgandi. Buning oqibatida yuzlab odamlar bedarak yo‘qolgan. 7 iyulda qutqaruv amaliyoti to‘xtatilgan, voqea joyida jasadlarni qidirish ishlari davom ettirilmoqda. Keyinroq binoning butun qolgan qismi Elza bo‘roni yaqinlashayotgani sababli portlovchi moddalar yordamida buzib tashlangan.

Taxminlarga ko‘ra, fojia qurbonlari orasida kamida 9ta davlat, jumladan, AQSh, Rossiya, Isroil va Lotin Amerikasi davlatlari fuqarolari bo‘lishi mumkin.

1 iyulda fojia joyiga AQSh prezidenti Jo Bayden kelgan. U bino qulashi sabablaridan biri global isish va buning oqibatida dengiz sathi ko‘tarilgani bo‘lishi mumkinligini aytgan.