«Fiorentina» va Italiya terma jamoasi a'zosi Davide Astori mehmonxona nomeridan jonsiz holda topildi.

Football Italia tarqatgan xabarga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi Udinedagi mehmonxonada vafot etgan. U jamoasi bilan A Seriyaning 27-turi doirasida «Udineze»ga qarshi o‘yinda ishtirok etish uchun kelgandi.

Klub matbuot xizmati jamoa sardori vafot etgani haqidagi ma'lumotni tasdiqlagan, fojia tafsilotlari ma'lum qilinmayapti.

Futbolchining o‘limi tufayli «Udineze» — «Fiorentina» o‘yini qoldirilgan.