Bu haqda «Izvestiya» Qozog‘iston Mudofaa va aerokosmik sanoati vazirligining aerokosmik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Galimjan Danbayevga asosan xabar bermoqda.

«Rossiya Federatsiyasidan «Zenit-M» kosmik raketa majmuasi yer usti infratuzilmasi obektlarini topshirish 2018 yilning may oyida yakunlanadi», - deya aytib o‘tdi u.

Rossiya yer usti kosmik infratuzilma obektlaridan foydalanish markazida ushbu ma'lumot tasdiqlandi.