Qayd etilishicha, 2018 yil 9 fevral kuni soat 11:00larda Mirzo Ulug‘bek tumani Markaz 1-daha 33-uyda yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan A.E. shu uyda  yashovchi A.K.ning xonadoniga kalit tanlash yo‘li bilan kirib, xonasidan pullari va zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida A.E. qo‘lga olingan.