Rolikda qizcha ko‘chaga chiqqani, dastlab uning yonidan o‘tib ketmoqchidek ko‘ringan noma'lum erkak qizchani qo‘liga olib, hech narsa bo‘lmagandek ketishda davom etganini ko‘rish mumkin.

Ota bir qancha fursatdan keyingina qizi yo‘qolgani haqida bong ura boshlagan. U qizi shunchaki ko‘chada o‘ynab yuribdi, deb o‘ylagan. Politsiya kameradagi yozuvlarni o‘rganib, jinoyatchini 6 soatdan keyin topishga muvaffaq bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, nashr qizchaning salomatligi va erkak nima sababli bu ishni sodir etgani haqida ma'lumotlarga ega emas.