Pak Kin Xega 2017 yilning martida impichment e'lon qilingandi, aprelda esa u qo‘lga olindi. Sobiq prezident korrupsiya, mansab vakolatlarini suiiste'mol qilish va davlat sirini oshkor etishda ayblanmoqda.
Xususan, aniqlanishicha, davlat rahbarining dugonasi Chxve Sun Sil hech qanday rasmiy lavozimni egallamay turib siyosatga ta'sir ko‘rsatgan. U o‘z ta'siri yordamida o‘zining xayriya jamg‘armalari uchun mablag‘lar ajratilishiga erishgan, so‘ng pullarni yuvgan.











