Umumiy hisobda stansiya 32 ta quyosh qurilmasidan iborat bo‘ladi. Ulardan umumiy quvvati 165 MVtni tashkil qiluvchi birinchilari ishlatila boshlandi.

Bugungi kunda Misrda quyosh energetikasidagi umumiy quvvati 1,5 GVt bo‘lgan 29 ta loyihaga 1,8 mlrd dollar ajratilgan. 2018 yilda mamlakat “gigavatt klubi”ga kirishi kutilmoqda, ya'ni mamlakatda 1 GVt lik quyosh qurilmalari ishga tushiriladi.