Qizchaning oila a'zolari tomonidan olingan videoda u taroqni rezervuar shishasiga yaqinlashtiradi va uning "tishlari"ga tegib o‘ziga xos tovush chiqaradi. Bunday tovushni eshitgan delfinlar kichik amerikalik qizcha tomon oshiqishdi. 

Qizchaning otasi aytishicha, u avval delfinlarni boshqa usullar bilan jalb qilishga harakat qilgan. "U turli o‘yinchoqlar, mobil telefondan foydalangan, shishani taqillatgan, turli xatti-harakatlar qilgan", - deydi u. Delfinlar unga e'tibor qaratishmagan.

Qizcha o‘z "muammosi" yechimini internetdan izlagan va taroq bilan bog‘liq tryukni topgan. Okeanariumga navbatdagi tashrif davomida u tavsiyaga amal qilib, delfinlarni jalb qilishga muvaffaq bo‘lgan.