Foto: Xalqaro press-klub

Davra suhbatining asosiy mavzusi O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo maydonlarida qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatli yurishi bo‘ldi. Davra suhbati davomida yutuqlar bilan birgalikda muammolar ham muhokama qilindi. Jurnalistlar o‘zbek futbolidagi muammoli holatlar, yechimini topishi kerak bo‘lgan masalalarda savollar berishdi.

Xalqaro press-klub rahbari Sherzodxon Qudratxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning futbol haqida gapirgan gaplarini yodga olib, davlat rahbarining millionlar o‘yiniga qaratayotgan e'tiboriga alohida to‘xtaldi.

Sherzodxon Qudratxo‘jayev / Foto Xalqaro Press-klub

«Mana yosh futbolchilarning yutuqlari munosib baholanib, prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ularning har biriga bittadan Chevrolet Malibu avtomobili sovg‘a qildi. Bizda Malibu’ni vazirlar xizmat mashinasi sifatida minadi. Bu prezidentimiz futbolchilarni vazirlarga tenglashtirdi deganidir. Bu katta ishonch va mas'uliyat», - deya gapirib o‘tdi Qudratxo‘jayev.

Qayd etish kerakki, Xalqaro press-klubning ushbu davra suhbati to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda uzatilib, onlayn tarzda taqdim etildi.