Konstantin o‘z sayohatini mamlakatning shimoliy hududlaridan boshlab, avvalo, Buxoro va Nukusda bo‘lgan. Shundan so‘ng ular sayohatni Qozog‘iston orqali davom ettirib, Rossiya Federatsiyasining Astraxan shahrigacha borishgan.
Shundan so‘ng u o‘zining «Kobalt»i bilan Rossiya orqali dastlab Belarus, keyin Polshaga o‘tadi.
Germaniya va Avstriyani aylanib chiqqan Bushayevlar oilasi Italiyaga sayohatni Venetsiya shahridan boshlashgan. Keyin Konstantin va Liliya San-Marina tomon harakatlanib, Rimga yetib borishgan.
U o‘zi yetib borgan har bir shahar va davlatda ma'lum muddat bo‘lib, diqqatga sazovor joylar bilan tanishgan, sayohat qilgan manzillarini tasvirga olib “Feysbuk”dagi ijtimoiy tarmog‘iga joylab borgan.
















