Prezident Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiyevning birinchi o‘rinbosari Abdusalom Abduqahhorovich Yo‘ldoshevga Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i sifatida ish boshlashga ko‘rsatma bergan.

Abdusalom Yo‘ldoshev 1967 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, 1990 yilda Toshkent Xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan. 1992 yildan Davlat soliq xizmatida faoliyat boshlagan.

U turli yillarda Andijon viloyati va Toshkent shahrida davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlagan, 2012 yilning fevralidan buyon Davlat soliq qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan.