Respublika bo‘ylab 2018 yilning yanvar holatiga ko‘ra, bazaviy stansiyalar 22,2 mingga teng (2017 yilning shu davriga nisbatan qariyb 4 mingga ko‘p).

Internet foydalanuvchilarining umumiy soni 20 million abonentga yetgan.

Internetga kirish tezligi 104 ming Mbit/s.dan oshdi.

Provayderlar uchun tashqi internet kanalidan foydalanish narxi 2,5 barobarga pasayib, 30,2 dollarni tashkil etdi.

O‘zbekistondagi mobil aloqa abonentlari soni (yil bo‘yicha)
Manba: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

O‘tgan yil davomida 2000 km atrofida optik-tolali aloqa liniyalari o‘tkazildi.