O‘zbekiston Musulmonlari matbuot xizmatiga ko‘ra, Qur'on musobaqasi ishtirokchilarini ro‘yxat olish ishlari 15 yanvar kuni yakunlangan. Unga ko‘ra, jami ishtirokchilar soni 5366 nafarni tashkil etgan. Shundan 3263 nafar erkak, 2103 nafari ayol-qiz ishtirokchilar ekan. Bu esa haqiqiy kutilmagan natija, tarixiy voqeadir, deb yozadi O‘zMI matbuot xizmati.
Musobaqalarning o‘tish jarayonlarini kuzata turib, mana shunday fayzu barakotli kunlardan mamnun bo‘lgan o‘zbekistonliklarning ko‘zlari yosh ila qo‘llarini duoga ko‘tarib, uning shukronasi uchun yaratgan Parvardigorga hamdu sanolar aytishayotgani, bu ishga tashabbuskor bo‘lgan Davlat rahbari, tashkiliy ishlarga bosh bo‘lib turgan olimu ulamolar haqiga duolar qilishmoqda.










