Joriy yilning 30 oktabr kuni Qirg‘iziston poytaxtida MDH respublikalari Qur'on hofizlari ishtirokida o‘tkaziladigan I Xalqaro Qur'oni karim musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Bishkekdagi «Imom Saraxsiy» jomesida «Qur'on bahori» shiori ostida o‘tkazilgan musobaqada MDH davlatlaridan kelgan Qur'on hofizlari tajvid qoidasi asosida Qur'oni karimni yoddan o‘qib berish bo‘yicha musobaqalashdi.

Musobaqada O‘zbekiston qorilari nomidan ishtirok etgan «Imom Buxoriy» nomli Toshkent islom instituti talabasi Habibulloh qori Olimjonov 11 ta mamlakatdan tashrif buyurgan qorilar orasida uchinchi o‘ringa munosib topildi.

Foto: t.me/alquranuz

Musobaqada birinchi o‘ringa qirg‘izistonlik Ibrohim Mallaboyev, ikkinchi o‘ringa dog‘istonlik Usmon Zulpuxargaddiyev munosib ko‘rildi. Shuningdek, uchinchi o‘ringa O‘zbekiston vakilidan tashqari qozog‘istonlik Imanali Mirzageldiyev ham loyiq ko‘rildi.