“Ixva” xayriya jamiyati tomonidan tashkil qilingan ikkinchi xalqaro musobaqaga 25–27 may kunlari Rossiya federatsiyasining Ingushiston respublikasi mezbonlik qildi.
O‘zbekiston nomidan musobaqada qatnashgan Abbosxon qori Obidov Saidmurod o‘g‘li 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi va 3 ming dollar mukofot bilan taqdirlandi.
Ma’lumot uchun, Abbosxon qori O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi "Hidoya" o‘rta maxsus islom bilim yurti talabasi hisoblanadi.













