Bu yerda kir yuvish texnologiyasi deyarli 1,5 asr davomida deyarli o‘zgarmagan: kir sovuq suv va sovun yong‘og‘i solingan bochkalarda ivitiladi, siqiladi, so‘ngra 20-30 marta urib tozalanadi. Kirlar qurigandan keyin ko‘mirda qizdiriluvchi dazmollarda dazmollanadi.
Bu kir yuvish joyi 19-asrning 90-yillaridan beri faoliyat yuritadi va 2018 yilga kelib uning maydoni 10 gektarga yetgan. Bu yerda dxobi – “erkak kir yuvuvchilar” qatlamidan bo‘lgan 7,5 ming erkak ishlaydi. Bu qatlam vakillari orasida kir yuvuvchi kasbi otadan o‘g‘ilga meros bo‘lib o‘tadi.










