Avtomobil dizayni ikki o‘rindiqli kupe ko‘rinishida yaratiladi. Orqa uzatmali sportkarni gibridli kuch qurilmasi harakatga keltiradi, u benzinli dvigatel va bir necha elektrmotordan iborat bo‘ladi.

Mashinani BMW M sobiq rahbari Albert Birmann rahbarlik qilayotgan N sport bo‘linmasi ishlab chiqadi. Biroq superkar yuqori quvvatlar tufayli alohida modelga aylanishi kutilmoqda.

Genesis qatorida superkar paydo bo‘lishiga doir ma'lumot ilk bor 2016 yilda tarqalgandi. Hyundai’ning mahsulotlarni rejalashtirish bo‘yicha vitse-prezidenti Mayk O'Brayyen shunday avtomobil ishlab chiqilishi haqida aytib o‘tgan.