Ma'lum qilinishicha, yong‘in asosiy binoda emas, balki maxfiy xizmat joylashgan kichikroq uyda sodir bo‘lgan. O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni to‘liq o‘chirishgan.

Politsiya vakili Artur Mendozaning aytishicha, yong‘in mahalliy vaqt bilan soat 15.15larda o‘chirilgan.

Ma'lum qilinishicha, yong‘in vaqtida uyda Klintonlar oilasidan hech kim bo‘lmagan. 

Bill va Hillari Klinton bu uyda deyarli 20 yildan beri yashab keladilar. Ular bu uyni 1999 yilda 1,7 mln dollarga sotib olishgan. 2016 yil avgustida esa ular 1,6 mln dollarga qo‘shni uyni ham xarid qilishgan.