Prezident qaroriga muvofiq, 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab birinchi marta maqsadli qabul yo‘lga qo‘yildi va 2017 yilda tibbbiyot oliy o‘quv yurtlariga maqsadli qabul uchun 1 ming 180 o‘rin ajratildi.
2018 yilda bakalavriat ta'lim yo‘nalishining maqsadli qabul kvotasini 2017 yilga nisbatan 20 foiz oshirish, maqsadli magistraturani 10 foiz ko‘paytirish, klinik ordinatura qabul kvotasini 15 foiz oshirish belgilandi.
2017 yil Investitsiya dasturiga ko‘ra 27,6 mlrd so‘m mablag‘ evaziga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining simulyatsiya markazi va klinikasida, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filialining120 o‘rinli, Andijon davlat tibbiyot institutining120 o‘rinli, Buxoro davlat tibbiyot institutining 200 o‘rinli, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 100 o‘rinli jami 540 o‘rinli klinikalarda qurilish, rekonstruksiya va kapital ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
2018 yil Investitsiya dasturi doirasida Toshkent pediatriya tibbiyot institutining simulyatsiya markazi, mazkur institut Nukus filialining 120 o‘rinli, Andijon davlat tibbiyot institutining 120 o‘rinli, Buxoro davlat tibbiyot institutining 200 o‘rinli klinikalarida qurilish va rekonstruksiya ishlarini davom ettirish uchun 31,8 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.











