“Soyuz MS-07” kemasi orbitaga “Soyuz-FG” raketa tashuvchisi yordamida olib chiqiladi. Raketaga Toshkent vaqti bilan soat 12:21da start beriladi.

14 dekabrda XKSdan uch fazogir: rossiyalik Sergey Ryazanskiy, NASA va YeKA a'zolari Rendolf Breznik va Paolo Nespoli Yerga qaytishgandi. 

Hozirda stansiyada rossiyalik Aleksandr Misurkin va NASA astronavtlari Mark Vande Xay va Jozef Akaba qolgan. Ular keyingi ekspeditsiya kelguncha stansiyada ishlashni davom ettirishadi.