YouTube’dagi videoda bu uyga o‘g‘rilikka tushmoqchi bo‘lgan kimsa bu usulning “jabrdiydasiga” aylanganini ko‘rish mumkin.

O‘g‘ri uy oldida sherigi mashinasidan tushib, u tomon yo‘l oladi. U uy hovlisiga osongina kirib, uy ostonasida turgan jo‘natmani o‘marish niyatida ko‘tarmoqchi bo‘lganda, qutining qopqog‘i otilib ketib, portlash tovushiga o‘xshash tovush yangraydi. O‘g‘ri bundan qo‘rqib ketib, voqea joyidan qochib qoladi.