"Biz bunday o‘zgarishlarni ko‘rishdan xursandmiz. Chunki Irlandiya dengizida hech qanday chegaralar bo‘lmaydi. Birlashgan Qirollik YeIni aniq tark etishini tasdiqlovchi dalillar bor. Jumladan Yagona bozor va Bojxona ittifoqini ham", - degan Foster Sky News telekanaliga bergan intervyusida.
"Albatta biz oydinlik kiritishni xohlagan masalalar bor, ammo bizning vaqtimiz qolmadi, - degan Foster. – Bizningcha, ortga qaytib ularni muhokama qilgan maqsadga muvofiq edi". Ammo B.Britaniya bosh vaziri Tereza Mey o‘z navbatida, yevropalik diplomat Bryussel va London Brexit bo‘yicha 7 oylik muzokaralardan so‘ng hal qiluvchi kelishuvga erishganini bildirdi.
Bugungi kungacha, Brexit bo‘yicha muzokaralarning birinchi bosqichi tugashiga Buyuk Britaniya tarkibiga kiruvchi Shimoliy Irlandiya va YeI a'zosi bo‘lgan Irlandiya respublikasi bilan chegaralar masalasi to‘siq bo‘lib turgan edi.











