«Super Oy» odatdagi Oydan 30 foizga yorqin va 14 foizga kattaroq ko‘rinadi. Bundan tashqari to‘lin Oy odatda to‘q sariq rangda bo‘ladi.
Bu safar Yerning yo‘ldoshi 358 499 kilometrlik masofaga yaqinlashdi – bu odatdagidan 26 ming kilometrga yaqinroqdir.
O‘tgan yili esa Oy Yerga 1948 yildan beri ilk marta eng yaqin masofaga kelgan, hamda keyingi safar bunday hodisa faqatgina 2034 yilning 25 noyabr kuni yuz beradi.
NASA yakshanba kungi hodisani «superoy trilogiyasining» birinchi qismi deb atadi, sababi fenomen uch hodisaga cho‘ziladi. Oyning Yerdan minimal masofada bo‘lib turganida yana ikkita shunday hodisa kuzatilishi mumkin: 2 va 31 yanvarda.
Dunyoning turli chekkalarida ushbu hodisa tasvirlarga muhrlangan.
Buffaloda superoy ko‘rinishi, Nyu-York shtati
Uitbi abbatligi, Buyuk Britaniya
Marsel, Fransiya
Ronda shahridagi Puente-Nuevo ko‘prigi, Ispaniya
Neypido, Myanma
Buffalo, Nyu-York shtati, AQSh
Neypido, Myanma
Netaniya, Isroil
Neypido, Myanma










